Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda ikki oy o‘tib erkakning jasadi va uning tirik iti topildi

AQShda ikki oy o‘tib erkakning jasadi va uning tirik iti topildi

AQShning Kolorado shtatida yashovchi fuqaro avgust oyida g‘oyib bo‘lgandi. Erkakning jasadi tog‘lardan topilgan, uning iti esa tirik va egasining yonida edi.

71 yoshli Rich Mur va uning Finni laqabli iti 19 avgust kuni Pagosa-Springs yaqinidagi Blekxed cho‘qqisida sayr qilish chog‘ida g‘oyib bo‘lgan, deb xabar bermoqda Sky News.

Taos Search and Rescue qidiruv-qutqaruv xizmatining ma’lum qilishicha, erkakning jasadi 30 oktabr kuni topilgan. It esa tirik va jasad yonida bo‘lgan.

Itni tekshirish va davolash uchun veterinariya klinikasiga olib borishgan, shundan so‘ng u marhumning oilasiga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring