Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning janubi-g‘arbiy qismidagi yerlarda ulkan yoriqlar paydo bo‘lmoqda

AQShning janubi-g‘arbiy qismidagi yerlarda ulkan yoriqlar paydo bo‘lmoqda

Foto: Joseph Cook. Arizonadagi ulkan yoriq

Arizona, Yuta, Kaliforniya va Texas shtatlarida mahalliy aholi va olimlar yerda ulkan yoriqlar tobora ko‘proq paydo bo‘layotganini payqashmoqda. Birgina Arizonaning janubida tadqiqotchilar 272 kilometrlik shunday yoriqlar xaritasini tuzgan, deb xabar bermoqda focus.ua nashri.

Arizona Geologiya xizmati xodimi Jozef Kukning so‘zlariga ko‘ra, yoriqlarni tabiiy shakllanishlar deb bo‘lmaydi. Yerning bunday katta cho‘kishi va tuproqning siljishi inson faoliyati tufayli yuzaga keladi, bu tom ma’noda «Yerni qonga to‘ldiradi». Chunki yerning cho‘kishiga 80 foiz yer osti suvlaridan foydalanish sabab bo‘ladi. Yer osti suvlari dunyodagi chuchuk suvning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, barcha ichimlik suvining deyarli 50% va sug‘oriladigan suvning 40% ga yaqinini ta’minlaydi.

Biroq, odamlar sayyoramizning «ichak»laridan suvni to‘lishga ulgurmasidan   ancha tezroq «so‘rib» olmoqdalar. Natijada bo‘shab qolgan «ichak»lar tufayli yer cho‘kib muvozanat buzilmoqda, yoriqlar paydo bo‘lmoqda. Yerni o‘zlashtirishga shiddat bilan kirishish yerning yanada cho‘kishi va yangi yoriqlar paydo bo‘lishi muammolariga  tahdid soladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring