AQShning tashqi qarzi rekord darajaga yetdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining umumiy davlat qarzi rekord darajaga — 30,012 trillion dollarga yetdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qilgan.
Qo‘shma Shtatlar o‘z tarixida birinchi marta davlat qarzining bunday yuqori darajasiga yetdi.
New York Times gazetasining yozishicha, pandemiyaga qarshi kurashning katta xarajatlari tufayli bu kabi rekord ko‘rsatkich qayd etilgan. Ishsizlik nafaqalari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish to‘lovlariga qariyb 5 trillion dollar sarflangan.
O‘tgan yil davomida AQShda asosiy inflyasiya, oziq-ovqat va energiya narxlarini hisobga olmaganda, 5,5 foizni tashkil etgan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi 6,3 foizga oshgan, energiya manbalarining o‘zi esa deyarli uchdan bir qismini (+29,3 foiz) oshirgan.
Federal zaxira tizimi so‘nggi paytlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida inflyasiya ko‘tarilishidan xavotirda ekanliklarini ko‘p marta aytgandi.
2018yilda AQShning davlat qarzlari 21 trillion dollardan oshgandi. Bunda davlatning ichki qarzlari 5,6 trillion dollarni, xususiy sarmoyadorlar – jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi qarzi 15,3 trillion dollarni tashkil qilgan.
Davlat qarzining ortavergani uchun respublikachilar sobiq prezident Barak Obamani muntazam tanqid qilib kelishgan. U prezidentlik qilgan sakkiz yil davomida qarzdorlik deyarli ikki barobar — 10,6 trilliondan 19,9 trillion dollargacha ortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter