AQShning yana bir harbiy samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

Amerikaning F/A-18 Super Hornet bombardimonchi-qiruvchi samolyoti USS Harry Truman aviatashuvchisiga qo‘na olmay, Qizil dengizga qulab, cho‘kib ketdi. Bu haqda NYpost xabar berdi.
Ikki uchuvchi katapulta yordamida jon saqlab qolgan.
Bu AQSh harbiy-dengiz kuchlari 10 kun ichida yo‘qotgan ikkinchi qimmatbaho samolyot.
Oldingi samolyot (F/A-18E Super Hornet) buksirga olish payti ehtiyotsizlik oqibatida shatak mashinasiga qo‘shilib dengizga qulagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter