Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ar-Riyod metrosi Ginness kitobiga kiritildi

Ar-Riyod metrosi Ginness kitobiga kiritildi

Foto: Saudianews.ru

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod metropoliteni rasman Ginnessning rekordlar kitobiga o‘ziyurar poyezdlarning eng uzun tarmog‘i sifatida kiritildi, deb xabar berdi Arabi Today.

Ar-Riyod metropoliteni uzunligi — 176 kilometr. Ushbu rekord podshohlikning zamonaviy va barqaror transport tizimlarini yaratishdagi shijoatini ifodalaydi.

Metropoliten Saudiya poytaxti transport tizimining muhim qismi bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan 85 ta bekatdan iborat 6 ta yaxlit yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Ekspluatatsiya to‘liq avtomatlashtirilgan va mashinistsiz amalga oshiriladi, yuqori texnologiyali markaziy dispetcherlik xonalari orqali nazorat aniqligi, tashish xavfsizligi va sifati ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring