Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida vaziyat keskinlashdi, qurbonlar bor

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida vaziyat keskinlashdi, qurbonlar bor

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma yuz berdi, qurbonlar bor. Tomonlar hodisada bir-birini ayblab chiqdi. 

Armaniston Mudofaa vazirligining xabarida ko‘ra, Syunik viloyati hududida Ozarbayjon kuchlari tomonidan otishma va minomyotlardan otilgan.

Arman tomoni iddaosicha Ozarbayjon harbiylari muhandislik ishlarini olib borayotgan arman harbiylariga qarata o‘q uzishni boshlagan, keyinroq esa minomyotlardan foydalangan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomonini provokatsiyalarda aybladi, shuningdek, halok bo‘lganlar va yaradorlar borligini ma’lum qilgan.

«11-aprel kuni Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan Lochin yo‘nalishida sodir etilgan provokatsiya natijasida yuzaga kelgan keskinlik saqlanib qolmoqda.

Yo‘nalishda joylashtirilgan bo‘linmalarimiz tomonidan ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida dushman katta yo‘qotishlarga uchradi», — deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring