Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armanistonda keskin vaziyat yuzaga keldi

Armanistonda keskin vaziyat yuzaga keldi

Bugun, 19 sentyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevan markazida norozilik namoyishlari avj olmoqda.

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar Armaniston parlamenti binosiga bostirib kirishga urinib, politsiyaga shisha otmoqda. Ular orasida hukumatni ag‘darish tarafdorlari ham bor. 

Namoyishchilar parlamentga tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ bayroqlarini olib kelishdi va bosh vazir Nikol Pashinyandan Ozarbayjon tomonining harbiy harakatlariga javoban qat’iyroq chora ko‘rishni talab qilishdi.

Ayni vaqtda Pashinyan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qilgan. Qayd etilishicha, tomonlar kuch qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligini qayd etgan. Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Ozarbayjon mudofaa vazirligi Qorabog‘da aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya tomoni vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring