Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Armanistonga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi» – Qozog‘iston mudofaa vazirligi

«Armanistonga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi» – Qozog‘iston mudofaa vazirligi

Foto: «Reuters»

Qozog‘iston Armanistonga harbiy texnika yetkazib berishni rejalashtirmayapti. Bu haqdagi ma’lumotni respublika Mudofaa vazirligi inkor qildi, deb xabar qilmoqda soxta narsalarga qarshi kurashish uchun yaratilgan stopfake.kz portali.

«Armaniston Respublikasiga Qozog‘iston qurol-yarog‘i yetkazib berilgani haqidagi tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi xabarda.

Mamlakat mudofaa vazirligi 2022-yildan beri mamlakatda qurol-yarog‘ va harbiy texnika eksportiga taqiq joriy etilganini ta’kidlab, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarini faqat ishonchli axborot manbalariga ishonishga chaqirgan.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiyani puli to‘langan qurol yetkazib berishni bajarmaganlikda ayblagan va Qozog‘istonni ehtimoliy qurol yetkazib beruvchi sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring