Ashaddiy jinoyatchi vataniga ekstraditsiya qilindi

Ndrangetlar (Italiyadagi jinoiy to‘da) a’zosi Rokko Morabito Braziliyadan Italiyaga ekstraditsiya qilindi.
The Guardian nashrining yozishicha, u Italiyada eng ko‘p qidirilayotgan odamlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Italiya politsiyasi Morabito Italiyaning eng yirik giyohvand moddalar sotuvchilaridan biri ekanligini ma’lum qilgan.
U Lotin Amerikasidan Milanga, keyin esa butun Italiyaga narkotik moddalarni yetkazib berishni tashkil etgan yirik kuch edi. Jinoyatchi 2001-yilda sirtdan 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
2017-yilda Rokko Urugvayda hibsga olingan, u yerda soxta Braziliya pasporti bilan hashamatli villada yashagan, ikki yildan so‘ng u qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Morabito nihoyat Braziliya, Italiya va AQSh politsiyasining qo‘shma maxsus operatsiyasi davomida qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter