Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga asteroid yaqinlashyapti: xavotir o‘rinlimi?

Yerga asteroid yaqinlashyapti: xavotir o‘rinlimi?

Foto: NASA

Peterburg davlat universiteti olimlari 2004-yili aniqlangan «Apofis» asteroidi Yerga qulaydi degan taxminni ilgari surishyapti. Rus olimlarining farazicha, bu voqea ellik yillardan so‘ng — 2068-yilda ro‘y berishi ehtimoli bor. Bu haqda «RIA Novosti» xabar tarqatdi.

Asteroidning o‘lchami 325 metrga teng. «Apofis» 2068 yilgacha Yerga uch marta yaqinlashadi — 2044, 2051 va 2060-yillar. Ammo eng yaqin kelish yana o‘n yildan so‘ng ro‘y beradi — 2029-yilning 13-aprelida ushbu fazoviy jism Yerdan 38 ming kilometr uzoqlikdan o‘tib ketadi — bu Oygacha bo‘lgan masofadan o‘n baravar yaqin!

— 2029-yildagi yaqinlashuvning xavfi shundaki, bu asteroidning orbitasini mutlaqo o‘zgartirib yuborishi mumkin. Va u keyingi qaytishida — 2068-yilda Yerga kelib urilishi ehtimoldan xoli emas, — deyiladi olimlarning hisobotida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring