Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik milliarder: «Bu ishimiz uchun avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi»

Rossiyalik milliarder: «Bu ishimiz uchun avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi»

Rossiyalik milliarder Oleg Deripaska Ukraina bilan urushga qarshi ikkinchi marta bayonot berdi.

«Tinchlik juda muhim! Muzokaralarni cho‘zish — telbalik! Ukraina allaqachon yadroviy mamlakatga aylanib bo‘lgan, uning hududida, konservalab qo‘yilgan Chernobil AESdan tashqari, yana 15 ta atom energoblok va 3 ta yadroviy yoqilg‘i chiqindilari ombori bor.

Tushunmaganlar uchun — bu ob’yektlarda biron-bir hodisa yuz bergudek bo‘lsa, Yevropa Rossiyasi, Ukraina va Yevropada yashovchi avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi», — dedi u. 

Oleg Deripaska — Rossiyaning Dzerjinsk shahrida tug‘ilgan (1968). Tadbirkor, milliarder. Alyuminiy biznesi ortidan boyigan (Rossiyadagi eng yirik kompaniyalarni boshqargan). 2008-yilda Rossiyaning eng boy kishisiga aylangan (28 mlrd. dollar), o‘sha yili «Forbes»ning jahon reytingida 9-o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq 2018-yilga kelib jahon reytingida 247-o‘ringa tushib ketgan (7,1 mlrd. dollar). Rossiya va Kipr (2017-yildan) fuqarosi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring