Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya yangi hukumati G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti ekanligini rad etdi

Avstraliya yangi hukumati G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti ekanligini rad etdi

Kecha 18-oktyabr kuni Avstraliya yangi hukumati avvalgi hukumatning G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi qarorini bekor qildi.

Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Penni Vongga  ko‘ra, muqaddas shahar maqomi to‘g‘risidagi qaror isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari natijasida qabul qilinishi kerak.

Vazirning ta’kidlashicha, Avstraliya elchixonasi doimo Tel-Avivda bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, Vong Morrisonning siyosat bilan shug‘ullanish qarori Avstraliya pozitsiyasining o‘zgarishiga olib kelganidan afsusda ekanligini bildirgan.

Britaniyaning The Guardian gazetasining 17-oktyabr kuni xabar berishicha, so‘nggi bir necha kun ichida Avstraliya tashqi ishlar vazirligi saytidan Quddus Isroil poytaxti sifatida tan olinganiga ishora qiluvchi ikkita bayonot olib tashlangan.

Avstraliya 2018-yilda AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning xuddi shunday qaroridan so‘ng G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olgan edi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring