Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol kishi ilk bor maymun chechagiga chalindi

Ayol kishi ilk bor maymun chechagiga chalindi

«Indian Express» gazetasi xabariga ko‘ra, birinchi marta hindistonlik ayolda maymunchechak kasalligi aniqlangan.

Bu kasallikning ilk bor ayollarda uchrashidir. 

«Dehlida bir oydan ortiq vaqtdan beri yashab kelayotgan 30 yoshlardagi nigeriyalik ayolning tahlili ijobiy natija berdi, shuningdek poytaxtda kasallikdan o‘lganlar soni to‘rttaga yetdi. Bu mamlakatda kasallikning to‘qqizinchi holati, ayollarda esa birinchi holat», — deyiladi nashrda.

24-iyul kuni Hindistonda maymunchechak kasalligining birinchi holati qayd etilgandi. 

Bir kun oldin JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus maymunchechak epidemiyasini favqulodda holat deb e’lon qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring