Azaga aylangan xursandchilik: Iroqda to‘yga kelgan 100 kishi halok bo‘ldi
Iroqning Nanava viloyatida to‘y chog‘ida yong‘in chiqdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marosim bo‘lib o‘tayotgan zalda pirotexnika vositasidan foydalanilgan va bu zalda yong‘in chiqishiga olib kelgan.
Yong‘in oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan, yana 150 nafar fuqaro jarohatlangan.
Hozirda ekspertlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter