Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Azov» brigadasi frontga qaytdi

«Azov» brigadasi frontga qaytdi

Bu haqda Harbiy media markazida bo‘lib o‘tgan brifingda Ukraina milliy gvardiyasi bosh boshqarmasi departamenti direktori polkovnik Mikola Urshalovich ma’lum qildi.

«Afsonaviy «Azov» maxsus maqsadli brigadasi Serebryanskiy o‘rmon hududida jangovar topshiriqlarni bajarishga kirishdi», — dedi u.

Nikolay Urshalovichning so‘zlariga ko‘ra, «Azov» askarlari o‘z saflarini barqaror ushlab, raqibga zarbalar bermoqda. Xususan, 15 avgust kuni brigada artilleriyachilari Serebryanskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida raqibning minomyot ekipaji va muhandislik mashinasini yo‘q qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Azov» polki jangchilari Mariupoldagi Azovstal zavodini bir necha oy himoya qilgani bilan nom chiqarishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring