Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAda noodatiy pushti ko‘l topildi

BAAda noodatiy pushti ko‘l topildi

BAAda yangi noyob tabiiy belgi - «Pushti ko‘l» topildi. G‘ayrioddiy suv rangiga ega bo‘lgan ko‘lni mahalliy 19 yoshli talaba Ammar Al Farsiy topgan.

U dronni ishga tushirgan va Rasul Xayma amirligining Al-Rams hududida suratga ola boshlagan. Pushti suv bilan qoplangan ko‘lning rasmlari - eni 10 metr va uzunligi 40 metr - qirg‘oqdan 100 metr narida, Saraya orollarida olingan.

Noyob fotosuratlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Noyob rangli ko‘l suvi «Dunaliella salina» deb nomlangan bir hujayrali suv o‘tlari va sho‘r suvda ko‘payadigan galobakteriyalar tufayli pushti rangga ega bo‘ladi. Ular karotenoid qizil pigmentlarni ajratib chiqaradilar.

Ras Al-Xayma atrof-muhitni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori doktor Seyf Al Gays shunday dedi: «Qizil suv o‘tlarining ko‘payishi sababli suv pushti rangga aylanib bormoqda - bu yerda 4000 dan ortiq suv o‘tlari turi mavjud». Uning qo‘shimcha qilishicha, suvda rang o‘zgarishi uchun haqiqiy sabablarni aniqlash uchun, laboratoriyada ko‘l suvidagi namunalar to‘planishi va tahlil qilinishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring