Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAda uch kunlik motam e’lon qilindi

BAAda uch kunlik motam e’lon qilindi

Birlashgan Arab Amirliklarida prezidentning ukasi Said bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda BAAning WAM axborot agentligi xabar berdi.

«Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Oliy hazratlari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon marhum ukasi shayx Said bin Zoid Ol Nahayon uchun motam tutadi», — deyiladi prezident ma’muriyati bayonotida.

Motam 27 iyuldan 29 iyulgacha davom etadi.

Said bin Zoid Al Nahayon Abu-Dabi hukmdorining vakili sifatida xizmat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring