«Balki jonsiz tanamni ozodlikka chiqarishar» — eronlik rejissyor ochlik e’lon qildi
Erondagi Evin qamoqxonasida saqlanayotgan rejissyor Ja’far Panohiy ochlik e’lon qildi.
«Balki jonsiz tanamni ozodlikka chiqarishar», — deya o‘z qarorini izohladi Panohiy.
Eronlik kinorejisyor 12 yil muqaddam prezidentlik saylovidan so‘ng boshlanib ketgan ommaviy namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingandi. Keyinchalik «tizimga qarshi targ‘iboti» uchun 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Shuningdek, Panohiyga mamlakatni tark etish va 2030-yilgacha kino suratga olish man etildi. O‘shanda tutqunlikda ikki oy o‘tirgan rejissyor shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqarilgandi. Biroq 2022-yil 11-iyulida Tehron prokuraturasiga hamkasbining taqdirini bilish uchun murojaat qilinganidan so‘ng yana hibsga olingan.
Ja’far Panohiyning filmlari bir necha marta nufuzli xalqaro mukofotlarga loyiq topilgan. Xususan, Kann kinofestivalida «Uch qiyofa» filmi eng yaxshi ssenariy, «Yopiq parda» filmi Berlin kinofestivalida e’tirofga sazovor bo‘lgan. 2000-yilda uning «Aylana» filmi Venetsiya kinofestivalida beshta mukofotni qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter