Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladeshda 50 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan parom cho‘kib ketdi

Bangladeshda 50 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan parom cho‘kib ketdi

4-aprel kuni Bangladeshda 50 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan kichik parom boshqa kema bilan to‘qnashuvi natijasida suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda TASS xabar qildi.

Hukumat rasmiylariga ko‘ra, buning oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, hozircha 11 kishi qutqarilgan.

«Yo‘qolganlarning aniq sonini bilmaymiz», deb yozadi AFP mahalliy rasmiylar so‘zlariga tayanib. Qutqaruvchilar tirik qolganlarni qidirishda davom etmoqdalar, ammo politsiya noqulay ob-havo sharoiti tufayli qidiruv ishlarida qiyinchiliklarga duch kelinayotgani haqida ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring