Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladeshda ko‘p qavatli binodagi yong‘in qurbonlari 25 nafarga yetdi

Bangladeshda ko‘p qavatli binodagi yong‘in qurbonlari 25 nafarga yetdi

Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi ko‘p qavatli binodagi yong‘in qurbonlari soni 25 nafarga yetdi. Bu haqida Dakka shahri politsiyasi vakili Mostak Ahmad xabar berib o‘tdi.

21 qavatli «FR Tower» binosida yong‘in natijasida yana 70 inson turli darajadagi kuyish jarohatlarini olgan. Bedarak yo‘qolganlar yo‘q. Politsiya yong‘in sababini o‘rganishda davom etmoqda.

Yong‘inni o‘chirishda 19 ta o‘t o‘chirish bo‘linmasidan tashqari mamlakatning harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlari qismlari ham ishtirok etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring