Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladeshda muvaqqat hukumat Nobel laureati Muhammad Yunusga topshirildi

Bangladeshda muvaqqat hukumat Nobel laureati Muhammad Yunusga topshirildi

Foto: France 24

Bangladeshda bosh vazir iste’foga chiqib, chet elga qochib ketganidan so‘ng shakllantirilgan muvaqqat hukumatni Nobel mukofoti laureati Muhammad Yunus boshqaradi. Yunusning tayinlanganini Associated Press agentligi mamlakat prezidentining matbuot kotibi Jaynul Obidindan telefon orqali aniqladi.

Avvalroq isyonchilar 84 yoshli Muhammad Yunusdan muvaqqat hukumatni boshqarishni so‘rashgan va u ularning ishonchidan ta’sirlanganini aytib, rozilik bergandi.


Muhammad Yunus — 2006 yilda Nobel tinchlik mukofotini qo‘lga kiritgan. U va u asos solgan Grameen Bank Bangladeshning «iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun» mukofotga loyiq topilgandi. Yunus bank orqali qashshoq aholiga mikrokreditlar berishni yo‘lga qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring