Bayden AQSh uchun «ulkan terror tahdidi» sanalgan kuchlar haqida bayonot berdi

Qo‘shma shtatlar prezidenti Jozef Bayden mamlakatdagi oq tanli irqchilarni Qo‘shma shtatlar uchun «ulkan terror tahdidi» deya baholadi. Bu haqda CNN ma’um qildi.
Amerika rahbari Ku-Kluks-Klan tashkiloti a’zolarini eng xavfli odamlar deb atagan.
«Adliya vazirligi va uning fuqarolik huquqlar bo‘yicha bo‘limi oq tanli irqchilarni diqqat bilan kuzatishi shart»,-deya ta’kidlagan prezident Bayden.
Shuningdek siyosatchining fikricha, irqiy qarashtarafdorlari «ruhiy kasal» va «zararli» insonlardir. Ta’kidlash joizki, Okean orti yurti uchun ijtimoiy adolatsizlik iqlim buzilishi bilan bir qatorda yirik muammo sanaladi.
2020-yilda qora tanli Jorj Floydning oq tanli politsiyachi qo‘lida o‘lim topishi AQShda katta namoyishlarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ku-Kluks-Klan tashkilotiga 1865-yil 24-dekabrda Tennessi shtatining Pulaski shahrida asos solingan. Uning asosiy maqsadi oq irqning ustunligini targ‘ib qilishdir. Tashkilot 1869-yilda ta’qiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter