Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden «AQShga tahdid solayotgan ulkan xavf» haqida gapirdi

Bayden «AQShga tahdid solayotgan ulkan xavf» haqida gapirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trampning ehtimoliy g‘alabasi Qo‘shma Shtatlar uchun katta xavf tug‘dirishini aytdi. Bayden mazkur fikrini Los-Anjelesdagi saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ishga bag‘ishlangan yig‘ilishda bildirgan.

Uchrashuvda AQSh rahbari o‘z ma’muriyati erishgan yutuqlar haqida gapirdi va nutqi o‘rtasida Trampni tanqid qila boshladi.

«Donald Tramp bu mamlakatga juda ko‘p tahdid solmoqda. Saylash huquqidan, fuqarolik huquqlaridan, ovoz berish huquqidan tortib, Amerikaning dunyodagi o‘rnigacha», - dedi Bayden.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tramp keltirayotgan eng katta tahdid bu Amerika demokratiyasiga hujumdir».

«Agar biz demokratiyani yo‘qotsak, hamma narsani yo‘qotamiz», dedi Bayden.

Shuningdek, u Tramp «xalq irodasini tan olishdan bosh tortgan» prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan tarixdagi birinchi nomzod bo‘lganini ta’kidladi. Baydenga ko‘ra, respublikachilar saylovda g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan taqdirda, uning ikkinchi prezidentlik muddati birinchisidan ham yomonroq bo‘ladi. Unga ko‘ra, Tramp o‘zining siyosiy raqiblarini ta’qib qilish uchun mamlakat ko‘chalarida harbiylardan foydalanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring