Bayden Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi

AQSh prezidenti Jo Bayden Eronga qarshi sanksiya rejimini uzaytirdi, deya xabar berdi Oq uy.
Baydenning bu qarori kutilgan edi — 1995 yilda prezident Bill Klinton davrida joriy qilingan sanksiyalar har yili uzaytiriladi.
«Eron hukumatining harakatlari va olib borayotgan siyosati, shu jumladan qurollanish, mintaqadagi tajovuzkor tarmog‘i va bu yo‘nalishda olib borayotgan kampaniyasi, terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining zararli harakatlari — bularning barchasi milliy xavfsizlik, tashqi siyosat va AQSh iqtisodiyotiga tahdid bo‘lib qolmoqda», — deyiladi Bayden tomonidan imzolangan hujjatda.
AQSh avvalroq Eronga ashington Donald Tramp davrida bir tomonlama ravishda chiqib ketilgan yadroviy bitim bo‘yicha yangi muzokaralar olib borishni taklif qilgan edi. Ayni paytda Eron yangi kiritilgan sanksiyalar bekor qilinmaguncha muzokaralardan bosh tortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter