Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Isroildan «g‘azab otidan tushishini» so‘radi

Bayden Isroildan «g‘azab otidan tushishini» so‘radi

Isroil Falastinning HAMAS guruhiga qarshi jangida urush qoidalariga rioya qilishi kerak. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon muloqoti chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi The Hill.

«Isroil g‘azab va qayg‘uda bo‘lsa ham, urush qoidalariga muvofiq harakat qilishi lozim», dedi Bayden.

AQSh prezidenti Binyaminni 40 yildan ortiq vaqt davomida bilishini, o‘zaro samimiy munosabatlar o‘rnatganini ta’kidladi. U Hamasning tinch aholiga uyushtirgan hujumlarini «shafqatsizlik kampaniyasi» deb atadi.

Davlat kotibi Antoni Blinken ham Isroilning urush me’yorlariga rioya qilishi muhimligi haqida gapirib, tinch aholi o‘limini oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish lozimligini qayd etdi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Isroil tomonini begunoh fuqarolar hayotini zomin qilmasdan harakat qilishga chaqirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hamasning Isroildagi hujumlari natijasida 1,2 ming kishi halok bo‘lgan, 2,8 ming kishi jarohatlangan. G‘azo sektorida Isroilning zarbalari natijasida  mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 5,1 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.

Avvalroq Isroil bombardimonida BMTning 11 xodimi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Shuningdek, Isroil hujumi oqibatida BMT maktablarining 30 nafar o‘quvchisi ham halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring