Bayden Isroilga kelyapti
Prezident Jo Bayden ertaga, chorshanba kuni Isroilga keladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
«Prezident Bayden Isroilning bugungi vaziyatidan foydalanib, unga hujum qilishga urinayotgan davlat yoki guruhlarga nisbatan Qo‘shma Shtatlarning pozitsiyasini e’lon qiladi», – deydi Blinken.
Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi esa AQSh prezidentining Iordaniyaga tashrif to‘g‘risida ham ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Iordaniyaga tashrifi davomida Amerika prezidenti Misr va Falastin rahbarlari bilan uchrashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter