Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Kamala Xarrisni «prezident» deb atadi

Bayden Kamala Xarrisni «prezident» deb atadi

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi koronavirusga qarshi emlash jarayolari haqida nutq so‘zlar ekan, xatolikka yo‘l qo‘ydi va vitse-prezident Kamala Xarrisni «prezident» deb atadi. Bu haqda Fox News telekanali xabar qildi.

«Prezident Xarris bilan biz yaqinda Arizonadagi emlash maydoniga virtual sayohat qilganimizda, hamshiralardan biri odamlarga emlash o‘tkazganini ko‘rdik. Har bir vaksina «umid dozasi»ni berayotganga o‘xshardi», - degan davlat rahbari.

Amerika rahbari o‘z nutqida bir necha bor xatolarga yo‘l qo‘ygan. Shunday qilib, o‘tgan yilning noyabr oyida u tarafdorlari oldida chiqish paytida nevarasini vafot etgan o‘g‘li Bo Baydenning nomi bilan atagan edi.

Shuningdek, Bayden dekabr oyida Kamala Xarrisni «saylangan prezident» deb xato qilgan edi.

Avvalroq, Bayden va Rossiya prezidenti Putin o‘rtasidagi «dahanaki jang» haqda xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring