Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Putinga nisbatan yana haqoratli so‘z ishlatdi

Bayden Putinga nisbatan yana haqoratli so‘z ishlatdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Shimoliy Karolinada saylovoldi tashviqoti chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qassob» deb atadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir MSNBC telekanali tomonidan YouTube’da namoyish etildi.

«Biz qilishimiz lozim bo‘lgan juda ko‘p muhim ishlar bor, shu jumladan o‘sha qassob Putindan himoya qilish uchun Ukrainaga yordam ajratish», dedi Bayden.

Bu Amerika yetakchisining Putinni birinchi marta haqorat qilishi emas. Fevral oyida u Rossiya prezidentini «crazy SOB», ya’ni «aqldan ozgan ... bolasi» deb atagandi. Kreml buni «AQSh uchun uyatli» hol deb atagandi. Yaqinda u «bandit» so‘zini ham ishlatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring