Bayden qancha gonorar olishi ochiqlandi

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden tadbirlarda qatnashgani uchun 300 ming dollar so‘rayapti, deb yozdi The New York Post.
Bayden spiker sifatida xizmatlarini taklif qilyapti, ammo unga talab oz. Sobiq prezidentni taqdim etayotgan Creative Artists Agency «tadbirlarni bronlashda qiynalmoqda», deyiladi xabarda.
Solishtirish uchun: AQShning 44-prezidenti Barak Obama Oq uydan ketganidan so‘ng bitta tadbirda qatnashgani uchun 400 ming dollar gonorar olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter