Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Ukrainaga «Abrams» tanklarini yubordi

Bayden Ukrainaga «Abrams» tanklarini yubordi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Ukrainaga 31 ta «Abrams» tankini yetkazib berishga va’da berdi. Vashington shuningdek, Kiyevga raketa va snaryadlar bilan 325 million dollarlik yangi yordam paketini taqdim etadi.

Amerikaning «Abrams» tanklari kelasi hafta Ukrainaga yetib boradi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Shuningdek, u Ukrainaga yana bir harbiy yordam paketini ma’qullaganini ta’kidladi. Davlat kotibi Antoni Blinken shu munosabat bilan bergan bayonotida jami 325 million dollarlik qurol va jihozlar taqdim etilishini, paketga havo mudofaasi va tankga qarshi mudofaa tizimlari, artilleriya va kassetali o‘q-dorilar kirishi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring