Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden va Putin yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

Bayden va Putin yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

Foto: «Kremlin.ru»

Kecha, 7-dekabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida yopiq eshiklar ortida, teleko‘prik vositasida muzokara o‘tkazildi, bu haqda «Profile» xabar berdi.

Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi telemuloqot ikki soatdan ortiq davom etdi. Jurnalistlarga uchrashuvning ilk kadrlari namoyish etildi, shundan so‘ng Putin va Baydenning suhbati matbuot ishtirokisiz, yopiq eshiklar ortida davom etdi.

Uchrashuv prezidentlarning o‘zaro salomlashishi bilan boshlandi. Birinchi bo‘lib suhbatni boshlagan Bayden Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga umid bildirgan. Teleko‘prik ikki mamlakat rahbarlari muloqotlashishiga mo‘ljallangan himoyalangan videoaloqa liniyasi orqali tashkil etildi. Bunday muloqot vositasidan ilk marotaba foydalanildi, deyiladi TASS xabarida.

Putin va Bayden o‘rtasidagi birinchi yuzma-yuz muzokara 2021-yilning iyun oyida Jenevada bo‘lib o‘tgandi.

Kechagi muzokaralar G‘arb Moskvani Ukrainaga «bostirib kirish»ni rejalashtirganlikda ayblayotgan bir vaziyatda bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, muzokaralar arafasida G‘arb matbuotida AQSh Rossiya uchun yangi sanksiyalar qo‘llash (SWIFT (Jahon banklararo moliya aloqa kanallaridan uzib qo‘yish va valyuta ayirboshlashni cheklashni ko‘zda tutuvchi) imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring