Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden yiqilib tushdi (video)

Bayden yiqilib tushdi (video)

AQSh prezidenti Jo Bayden 1 iyun kuni Kolorado shtatida harbiy havo kuchlari akademiyalari bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimidagi ishtiroki vaqtida yiqilib tushdi.

Bayden sahnaga chiqayotganida qoqilib ketgan. 80 yoshli siyosatchining o‘rnidan turishiga tansoqchilari yordamlashgan.

Oq Uyning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ben Labolt tvitter sahifasida prezident qum to‘ldirilgan qopga qoqilib yiqilganini yozdi va hozirda «uning ahvoli yaxshi» ekanini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh tarixidagi eng keksa prezident avval ham bir necha bor yiqilib tushgandi. Oxirgisida sayr paytida velosipeddan qulagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring