Baydenning iti Oq uydan haydaldi
Baydenning suyukli iti Oq uy xodimlarini tishlagani tufayli boshqa joyga yuborildi, deb yozadi Fox News.
CNN telekanalida e’lon qilingan lavhadan keyin shunday qarorga kelingan.
Qayd etilishicha, «qo‘mondon» laqabli it Oq uy xodimlari va qo‘riqchilarini tishlagan. Yil boshidan buyon itdan jami 11 kishi jabr ko‘rgan.
«Qo‘mondon»ning qopog‘onligi haqida birinchi marta iyul oyida xabar tarqalgandi. O‘tgan yili sodir bo‘lgan voqealardan birida maxfiy xizmat xodimi yelkasi va sonidan it tishlab olgani uchun shifoxonaga olib ketilgan.
«Qo‘mondon» Baydenlarning tajovuzkor xatti-harakatlarini namoyon etgan ikkinchi iti. AQShning avvalgi «birinchi iti» Oq uyda bir necha marta tishlash holatlaridan keyin dala hovliga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter