Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baydenning o‘g‘li 17 yilga qamalishi mumkin

Baydenning o‘g‘li 17 yilga qamalishi mumkin

AQSh prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden to‘qqizta soliq jinoyatida ayblanmoqda.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, u to‘rt yil davomida Ichki daromad xizmatiga 1,4 million dollar to‘lamagan va buning o‘rniga bu pulni giyohvandlik va spirtli ichimliklarni o‘z ichiga olgan ekstravagant turmush tarzini moliyalashtirish uchun ishlatgan, deb xabar beradi Sky News.

Baydenning advokati Abbey Louellning aytishicha, mijozi soliqlarni to‘lagan va mashhur nomi tufayli nishonga olingan.

11 yanvar kuni Bayden birinchi marta Los-Anjelesdagi federal sudda maxsus prokuror Devid Vays qo‘zg‘atgan ish bo‘yicha chiqish qildi. Agar uning aybi isbotlansa, 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring