Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram Begay — Albaniyaning yangi prezidenti

Bayram Begay — Albaniyaning yangi prezidenti

Albaniya parlamenti Qurolli kuchlar bosh shtabi sobiq boshlig‘i, general-mayor Bayram Begayni mamlakat prezidentligiga sayladi.

Prezidentlikka nomzodni yoqlab parlamentning 78 deputati ovoz berdi, shundan 74 ta ovoz yetakchi Albaniya sotsialistlar partiyasi vakillariniki, deb xabar berdi «Radio Televizioni Shqiptar».

30 may kuni parlament uchinchi urinishda ham prezidentni saylay olmagan, hech bir nomzod 140 ovozdan kerakli 84 ovozni to‘play olmagandi.

Albaniya qonunchiligiga ko‘ra, saylovning uchinchi turidan keyingilarida faqat eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘alaba qozonadi, parlamentda eng ko‘p 74 mandatga ega sotsialistlar imkoniyatdan foydalanib qolishdi.

Bayram Begay 22-iyuldan Albaniya prezidenti sifatida rasman ishga kirishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring