Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus gaz bo‘yicha Rossiya da’vo qilayotgan qarzni qaytarmasligini bildirdi

Belarus gaz bo‘yicha Rossiya da’vo qilayotgan qarzni qaytarmasligini bildirdi

Foto: Kommersant’

Belarus davlati gaz bo‘yicha Rossiya tomoni talab qilayotgan 165,57 million dollarlik qarzni qaytarmasligini bildirdi. Minsk tomonidan rasman ta’kidlanishicha, Rossiyadan hech qanday qarz yo‘q.

Belarus energetika vazirligi ikki davlat o‘rtasida faqat gaz narxi bo‘yicha kelishmovchilik borligi, ammo hech qanday qarz munosabatlari yo‘qligini ta’kidlagan. Avval ham bir necha bor gaz narxi bo‘yicha kelishmovchilik kelib chiqqan edi. Xususan, Aleksandr Lukashenko Germaniya gazni Belarusga nisbatan ikki barobar arzon sotib olayotganini tanqid qilgan.

Ammo Vladimir Putin gaz yetkazib berish xarajatlarini pesh qilib, gazni arzonlatmasligini ta’kidlagan edi. Avval ham Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi yaqin qo‘shnilariga gazni sotish bo‘yicha ikki marta rad javobini bergan va shundan so‘ng o‘tkazilgan sud ishida yutqazgan edi.

Xususan, sud Rossiya Ukrainaga 5 milliard dollar to‘lashi lozimligini belgilab bergan. Ushbu mablag‘ning deyarli 3 milliard dollari naqd pul ko‘rinishida to‘langan. Polsha esa Rossiyadan 1,5 milliard dollarlik tovon puli undirib olgan.

Ukraina tomoni 2015 yildan buyon Rossiyadan gaz sotib olmaydi. Polsha esa 2022 yildan e’tiboran «Gazprom»dan gaz olmaslikka qaror qilgan. Ayni vaqtda Ukrainada gaz narxi Belarusga nisbatan 1,5 barobar arzonroq.

Belarus ham o‘z navbatida Rossiya gazidan voz kechib, e’tiborini Ozarbayjon, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va AQSh bilan hamkorlik qilishga qaratmoqda. E’tiborli tomoni, dastlabki uchta davlatdan allaqachon gaz sotib olish boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring