Belaruslik muxolifatchi sud zalida o‘z joniga qasd qildi (video)
Belaruslik muxolifatchi Stepan Latipov o‘ziga qarshi bo‘lib o‘tayotgan sud majlisida joniga qasd qildi.
Latipov sud zalida unga «agar aybini tan olmasa, qarindoshlari va do‘stlariga ish qo‘zg‘atilishi» bilan tahdid qilishganini aytgan va yozuv ruchkasini tomog‘iga tiqib yuborgan.
Latipov 2020 yil sentyabrda kuchishlatar tizimlarga qarshi zaharli modda qo‘llash aybi bilan ushlangandi.
Muxolifatchining otasi o‘g‘lining ruhiy muammosi bor mahkumlar izolyatorida saqlanayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval belaruslik jurnalist Aleksey Shota ham qamoqqa olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter