Belgiya bosh vaziri ko‘zda yosh bilan iste’foga chiqdi
Parlament saylovida yutqazgan Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo (Open Vld partiyasi) iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Bryusselning Le Soir gazetasi yozishicha, ancha ta’sirlangan siyosatchi parlament saylovi natijalariga ko‘zda yosh bilan munosabat bildirdi.
«Bugungi oqshom og‘ir bo‘ldi, biz yutqazdik. Ertadan men bosh vazirlikdan iste’foga chiqaman. Biroq liberallar kuchli, biz qaytamiz», — dedi u.
De Kroo gulduros qarsak sadolari va ko‘pchilikning olqishlashi ostida minbarni tark etdi.
Milliy saylovda Aleksandr de Krooning Ochiq flamand liberallari va demokratlar partiyasi atigi 5,6 foiz ovoz to‘pladi. N-VA (Yangi flamand alyansi) — 17,4 foiz, VLAAMS BELANG (Flamand manfaati) — 14,4 foiz ovoz yig‘di.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter