Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada erkak pichoq bilan restoran mehmonlariga tashlandi

Belgiyada erkak pichoq bilan restoran mehmonlariga tashlandi

Foto: Korrespondent.net

Belgiyaning sharqidagi Moresne-Shapel aholi punktida bir erkak restoranga kirib, bir necha kishiga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada ikki ayol - erkakning sobiq sevgilisi va uning onasi, shuningdek, jinoyatchining o‘zi ham halok bo‘lgan. Yana bir necha kishi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Jinoyatchining o‘zi qanday halok bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring