Berlinliklar koronavirusga manfiy testsiz do‘konga ham borisholmaydi
Berlinliklar koronavirusga manfiy testsiz nooziq-ovqat do‘koniga bora olmaydilar. «Berliner Zeitung» xabariga ko‘ra, bunday choralar 31-mart kuni kuchga kirdi.
Oziq-ovqat yoki dorixonadan tashqari har qanday do‘konga kirish uchun o‘sha kuni o‘tkazilgan test natijalarini taqdim etishi shart. Ba’zi savdo markazlari o‘z mijozlari uchun ekspress-testlarni tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Muzeylarga tashrif buyurish uchun ham koronavirusga manfiy test talab etiladi.
Bundan tashqari, Germaniya poytaxti aholisi har qanday binoga kirish yoki jamoat transportidan foydalanish uchun endi FFP2 sinfiga mansub yuqori himoyalash darajasiga ega respiratorlarni taqishi kerak. Rasmiylar oddiy tibbiy niqoblar yetarli darajada samarali emas, degan xulosaga kelishdi.
Shu kabi choralarni Avstriyada ham joriy etish rejalashtirilgan. Xususan, 7-aprel kuni avstriyaliklar barcha savdo shoxobchalariga tashrif buyurganlarida testni taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Masalan, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan dorixonalar yoki oziq-ovqat do‘konlari bundan mustasno. Yevropa mamlakatlari rahbarlari qit’aga yopirilib kelgan koronavirusning uchinchi to‘lqini tufayli shu kabi choralarni ko‘rishga majbur bo‘lishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter