Bermud uchburchagidagi sirli fojianing yangi talqini paydo bo‘ldi

Avstraliyalik tadqiqotchi Sheyn Satterli 1945-yilda Bermud uchburchagi ustida beshta samolyot yo‘qolganining yangi versiyasini taklif qildi, deb xabar bermoqda 9 News.
Hodisa 1945-yilning 5-dekabrida sodir bo‘lgan. Leytenant Charlz Teylor qo‘mondonligi ostidagi «19-parvoz» nomi bilan tanilgan AQSh dengiz flotining beshta bombardimonchisi Bermud uchburchagiga uchib kirib, radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan.
Satterlining so‘zlariga ko‘ra, fojia bu hududdagi g‘ayritabiiy hodisalar tufayli emas, balki ekipajning noto‘g‘ri harakatlari sabab sodir bo‘lgan. Xususan, qorong‘i va o‘zgaruvchan ob-havoda Teylor asbob-uskunalarga qarab harakatlanmagan.
Olimning ta’kidlashicha, ekipaj a’zolarining aksariyati tajribasiz tinglovchilar bo‘lgan va qiyin sharoitlarda samolyotlarni qanday boshqarishni bilishmagan.
Satterli AQSh harbiylari fojia sababini bilishganini ta’kidlaydi. Ammo Teylorning onasi samolyot topilmaguncha, hech kim uning o‘g‘lini sodir bo‘lgan voqeada ayblay olmasligini aytgani uchun harbiylar hisobotda hodisani «sababi noma’lum» deb ko‘rsatishga majbur bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter