Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh mamlakat BMT Xavfsizlik kengashiga saylandi

Besh mamlakat BMT Xavfsizlik kengashiga saylandi

Foto: Carlo Allegri/Reuters

Besh mamlakat ikki yil muddatga BMT Xavfsizlik kengashi a’zoligiga qabul qilindi. Bular: Bahrayn, Kongo DR, Kolumbiya, Liberiya va Latviya.

Bu mamlakatlar 2026-yilning 1-yanvaridan kengashda o‘z o‘rinlarini egallab, 2027-yilning 31-dekabriga qadar faoliyat yuritadi.

Xabarga ko‘ra, Latviya birinchi marta Xavfsizlik kengashining vaqtincha a’zoligiga saylandi.

Yangi a’zolar Jazoir, Gayana, Janubiy Koreya, Serra-Leone va Sloveniyaning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun: BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari jami 15 ta. Kengashning har bir a’zosi bittadan ovozga ega. BMTga a’zo davlatlar XK qarorlariga bo‘ysunishi va bajarishi shart. Xavfsizlik kengashining har bir a’zosi navbat bilan bir oydan Kengashga raislik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring