Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts AQSh janubidagi energetika inqirozi «sababi»ni aytdi

Bill Geyts AQSh janubidagi energetika inqirozi «sababi»ni aytdi

Microsoft asoschisi Bill Geytsning so‘zlariga ko‘ra, Texasdagi elektr energiyasining uzilishi tufayli odamlar halok bo‘lishining oldini olish mumkin edi.

Texas shtati gubernatori Greg Ebbotning elektr energiyasidagi uzilishga shamol turbinalarining muzlab qolganinini sabab qilib keltirgandi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, muammoning asl sababi tabiiy gaz asosida ishlab chiqariladigan elektr stansiyalarida bo‘lgan.

«Bu holat qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan bog‘liq emas. Voqeaning asl sababi ob-havo sharoitlariga mos bo‘lmagan tabiiy gaz elektrostansiyalarida. Ular buning oldini olish imkoniyatiga ega edilar. Yechim uchun albatta katta miqdorda pul kerak edi... Natijada insonlar jabr ko‘rdilar», - deydi Geyts.

G‘ayrioddiy sovuq va qorli ob-havo Qo‘shma Shtatlarning bir nechta mintaqalarini qamrab olishi natijasida kamida 58 kishi qurbon bo‘lgan. Texas eng ko‘p zarar ko‘rgan shtatlar qatoriga kiradi. Roweroutage.com portalining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib, mamlakatda 261,9 ming kishi elektrsiz qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring