Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Bir tomçi qon va 9 milliard dollarlik yolğon

Bir tomçi qon va 9 milliard dollarlik yolğon

Foto: Internetdagi oçiq manbalar

The Wall Street Journal (WSJ) gazetasida çop etilgan birgina maqola Kremniy vodiysining eng yirik «mo‘jiza»sini yer bilan yakson qildi. Jurnalist Jon Karreyruning suriştiruvi zamonaviy biznes va jurnalistika tarixidagi eng şov-şuvli voqealardan biriga aylandi. Öşanda 2015-yil oktyabr oyi edi...

«Ayol Stiv Jobs» va inqilobiy vaʼda

Hammasi 2003-yilda 19 yoşli Stenford universiteti talabasi Elizabet Holms öqişni taşlab, Theranos kompaniyasiga asos solişidan boşlandi. Uning ğoyasi tibbiyotda inqilob qilişni vaʼda berar, bu esa barmoq uçidan olingan atigi bir tomçi qon orqali yuzlab kasalliklarni (saratondan tortib diabetgaça) tez, oğriqsiz va arzon aniqlaydigan «Edison» nomli mitti qurilma yaratiş bilan boğliq edi.

Holms öz qiyofasini puxta şakllantirdi: u Stiv Jobsga taqlid qilib, hatto unga öxşab kiyinişga urinardi va işonçli köriniş uçun atayin yöğon ovozda gapirardi. Holmsning notiqlik mahorati şu darajada kuçli ediki, u AQŞning sobiq davlat kotiblari Genri Kissinjer va Jorj Şuls, sobiq mudofaa vaziri Jeyms Mettis kabi nufuzli arboblarni kompaniya direktorlar kengaşiga jalb qildi. Natijada investorlar Theranos’ga 700 million dollardan ortiq sarmoya kiritişdi, kompaniyaning bozor qiymati esa 9 milliard dollarga yetdi. Elizabet Holms Forbes tomonidan dunyoning eng yoş milliarder ayoli deb eʼlon qilindi.

Jon Karreyru suriştiruvi: parda ortidagi haqiqat

2015-yil boşida WSJ muxbiri Jon Karreyru kompaniya texnologiyasining şaffof emasligidan şubhalana boşlaydi. U Theranos’ning sobiq muhandislari, laboratoriya xodimlari va şifokorlari bilan maxfiy ravişda uçraşib, dahşatli haqiqatlarni yuzaga çiqaradi.

Maʼlum bölişiça, maşhur «Edison» qurilmasi aslida vaʼda qilingan testlarning atigi kiçik bir qismini bajara olgan, şunda ham natijalar öta notöğri çiqqan. Buni yaşiriş uçun kompaniya bemorlardan olingan qonni pinhoniy laboratoriyaga olib kirib, raqobatçi kompaniyalar (masalan, Siemens)ning oddiy tibbiy jihozlarida tekşirgan. Bir tomçi qon mazkur uskunalar uçun kamlik qilgani sababli xodimlar qonni suyultirişga majbur bölişgan, bu esa tahlil natijalarini butunlay buzib yuborgan.

Eng yomoni, mazkur firibgarlik ortidan oddiy odamlarning soğliği xavf ostida qolgan. Notöğri testlar tufayli ayrim bemorlarga soğlom böla turib saraton taşxisi qöyilgan, homilador ayollarga esa bolasi nobud bölgani haqida yolğon xulosalar berilgan.

Tahdidlar va haqiqatning ğalabasi

Jurnalist suriştiruv olib borayotganini sezgan Elizabet Holms va kompaniya rahbariyati maqolani töxtatiş uçun bor kuçini işga soldi. Ular AQŞning eng qimmat advokatlarini yollab, WSJ tahririyatini sud bilan qörqitişdi, maʼlumot bergan sobiq xodimlarni esa doimiy kuzatuv va tahdid ostiga olişdi.

Şunga qaramay, 2015-yil 15-oktyabrda Jon Karreyruning ilk maqolasi çop etildi. Bu maqola «domino effekti»ni işga tuşirdi. AQŞ soğliqni saqlaş regulyatorlari (FDA) laboratoriyalarni tekşirib, jiddiy qoidabuzarliklarni aniqladi. Walgreens dorixonalar tarmoği kabi yirik hamkorlar şartnomalarni bekor qildi, investorlar esa sudga murojaat qila boşlaşdi.

Intiho

Bir paytlar tibbiyot kelajagi sifatida körilgan Theranos 2018-yilda rasman bankrot deb eʼlon qilinib yopildi. Jon Karreyru uşbu voqealar asosida dunyo böylab bestsellerga aylangan «Bad Blood» (Yomon qon) kitobini yozdi. 2022-yilda esa sud Elizabet Holmsni investorlarni yirik miqdorda aldaşda aybdor deb topib, 11 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qildi.

Theranos voqeasi Kremniy vodiysidagi «uddalay olmasang, uddalagandek körin» (fake it till you make it) tamoyili inson hayoti bilan boğliq sohalarda qançalik fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkinligini butun dunyoga körsatib berdi.

Ana şunaqa! Ammo hali bu dunyoda yana qançadan-qança yolğonlar bor, heç kim bilmaydi...

Akbar Anvarov

Izohlar

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring