Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yarim yoshli bolakay oltinchi qavatdan tushib ketdi va tirik qoldi

Bir yarim yoshli bolakay oltinchi qavatdan tushib ketdi va tirik qoldi

Foto: «Kiro7»

AQShning Vashington shtati, Redmond shahrida bolakay oltinchi qavatdan tushib ketdi va tirik qoldi.

Hodisa 10 aprelda ro‘y bergan. Politsiya tomonidan xabar qilinishicha, bir yosh sakkiz oylik bolakay yotoqxonada yolg‘iz qolgan. Onasi, akasi va opasi qo‘shni xonada bo‘lgan. Xonadon bekasi havoni almashtirish uchun derazani ochiq holda qoldirgan.

Qarovsiz qolgan bolakay deraza tokchasiga chiqadi va pastga tushib ketadi. Baxtli tasodif tufayli shu kuni qo‘shni uyda turadigan Ed Lu ishga avtomobilida emas, balki mototsiklda yo‘l olgan edi. Bolakay pastda qoldirilgan Mazda mashinasi ustiga tushadi. Aynan shu holat uning hayotini saqlab qoldi.

Shifokorlar o‘z vaqtida yetib kelishdi va kerakli yordamni berishdi. Bola ayni vaqtda kasalxonada, uning holati barqaror.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring