Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi bosh vazir-ayol Italiya hukumatini shakllantiradi

Birinchi bosh vazir-ayol Italiya hukumatini shakllantiradi

Foto: LRT

Mamlakat prezidenti parlament saylovida g‘alaba qozongan «Italiya birodarlari» partiyasining yetakchisi Jorja Meloniga hukumatni shakllantirish vakolatini berdi.

Jorja Meloni (45 yosh) Italiya tarixiga birinchi bosh vazir-ayol sifatida kirmoqda.

«Prezident Meloni xonimga hukumatni shakllantirishni topshirdi, u rozilik berdi», — ma’lum qildi prezident administratsiyasi bosh kotibi Ugo Dzampetti.

Dzampetti qo‘shimcha qilishicha, Meloni davlat rahbariga vazirlik lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etgan. Ularning aksariyati — «Italiya birodarlari» partiyasi vakillari.

Italiyaning yangi hukumati bugun, 22-oktyabr kuni qasamyod qilishi rejalashtirilgan.

Italiyadagi parlament saylovida «Italiya birodarlari» o‘nglar partiyasi eng ko‘p — 26 foiz ovoz to‘plagan. Partiyaning koalitsiyadoshlari — Matteo Salvini boshchiligidagi g‘ayriimmigrantlar «Liga»si hamda sobiq bosh vazir Silvio Berluskonining «Olg‘a, Italiya»si bo‘ldi.

Jorja Meloni — an’anaviy oilaviy va xristian qadriyatlari, immigratsiyani cheklash, Yevropaning xavfsizligi uchun kurashish, iqtisodiy liberalizm va proteksionizm g‘oyalari tarafdori. Geosiyosiy maydonga u atlantizm (Yevropa va Shimoliy Amerika mushtarakligi) pozitsiyasi vakilasi sifatida kirib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring