«Birinchi kanal» muharririga jazo tayinlandi

Ostankino tuman sudi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qilib chiqqan Rossiyaning «Birinchi kanal»i muharriri Marina Ovsyannikovani 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.
U qonunga xilof ravishda ommaviy norozilik aksiyasi o‘tkazganlikda aybdor deb topildi. Ovsyannikova urushga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmagan, biroq efir vaqtida odamlarni urushni qoralashga chaqirgan.
Shuningdek, Ovsyannikovaga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining rossiyalik harbiylar haqida «yolg‘on axborotni ommaviy ravishda tarqatish» moddasi bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Birinchi kanal» jonli efirida sodir bo‘lgan voqea katta shov-shuv bo‘lgan, holatga Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham munosabat bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter