Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta kesilgan daraxtning badali — 50 tup ko‘chat...

Bitta kesilgan daraxtning badali — 50 tup ko‘chat...

Foto: «Zakon.kz

Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir talay olma daraxtlari kesib yuborildi.

«Zakon.kz» yozishicha, Olmaota yashil iqtisodiyot boshqarmasi, mahalliy politsiya va maxsus tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaganidan so‘ng voqea joyiga yetib borishgan va 21 tup olma daraxti tag-tugi bilan kesib yuborilganini tasdiqlashgan.

Akt tuzilib, eng kam ish haqining 500 baravariga teng yoki 1 mln 531 ming 500 tenge (38 mln so‘m atrofida) zarar yetkazilganini hisoblashgan va politsiya departamentiga tegishli chora ko‘rish uchun xat yo‘llashgan.

Olmaota hokimligi xabariga ko‘ra, voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Agarda ushbu ishda daraxtkesarlarning aybi to‘liq bo‘yniga qo‘yilgan taqdirda, yashil maydonlarni himoya qilish qoidalariga muvofiq, ularga kesgan daraxtlari o‘rnini qoplash uchun umumiy foydalanishdagi yerlarda 1 050 tup daraxt ekish majburiyati yuklatiladi. Bitta kesilgan daraxtning badali — 50 tup ko‘chat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring