Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Black Lives Matter harakati Nobel mukofotini olishi mumkin

Black Lives Matter harakati Nobel mukofotini olishi mumkin

Foto: Shutterstock / Fotodom

Norvegiya parlamenti a’zosi Petter Eyde Black Lives Matter harakatiga Nobel mukofotini berish taklifini ilgari surgani haqida «The Guardian» yozmoqda. Eydening fikricha, ushbu harakat irqiy tengsizlik muammosini global miqyosga olib chiqdi.

AQShda 2013-yili Black Lives Matter (BLM, «Qoralar hayoti muhim») harakatiga asos solingan. 2020-yilda qora tanli amerikalik Jorj Floydning o‘ldirilishidan so‘ng ommaviy norozilik isyonlari kelib chiqqach ushbu harakat nomi butun dunyoga tanildi.

2021-yilgi Nobel mukofotiga nomzodlarni istalgan siyosatchi milliy miqyosda 1-fevralgacha taklif etishi mumkin. Mart oyi oxirigacha nominantlarning qisqa ro‘yxati tayyor bo‘ladi, oktyabr oyida g‘oliblar aniqlanadi, taqdirlash marosimi 10-dekabrga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring