Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloomberg reytingida birinchi marta — yetakchi o‘ntalikda faqat amerikaliklar

Bloomberg reytingida birinchi marta — yetakchi o‘ntalikda faqat amerikaliklar

Foto: Marek Studzinski / Unsplash.com

Bloomberg yangilagan milliarderlar reytingida ilk bor AQSh fuqarolari butun top-10 talikni egalladi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida 919 milliard dollar bilan tadbirkor Ilon Mask turibdi. Undan keyingi o‘rinlarni Google hamasoschisi Larri Peyj (286 mlrd) va Amazon asoschisi Jeff Bezos (274 mlrd) egallagan.

Shuningdek, top-10 talikdan Google hammuassisi Sergey Brin (266 mlrd dollar), Dell asoschisi Maykl Dell (245 mlrd), Meta rahbari Mark Sukerberg (229 mlrd), Oracle hammuassisi Larri Ellison (208 mlrd), Nvidia bosh direktori Jensen Xuang (181 mlrd), Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer (172 mlrd) va investor Uorren Baffet (144 mlrd) joy olgan.

Amerikaliklar top-10 talik ro‘yxatni to‘liq egallashiga LVMH kompaniyalar guruhi egasi, fransiyalik Bernar Arnoning kapitali 143 milliard dollargacha kamaygani sabab bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring